Mentalaba - Universitet haqida
Zarmed Universiteti Buxoro kampus logo

Zarmed Universiteti Buxoro kampus

Xususiy universitet

Buxoro viloyati

0.0

(0 Izohlar)

calendar

Qabul muddati

1 Iyun 2025 - 30 Sentabr 2025

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

Universitet haqida :

Zarmed Universiteti – adolatli, haqqoniy, jamiyatga foydali, global kadrlar maskani. Universitet Buxoro shahrida joylashgan bo'lib, zamonaviy va sifatli ta'lim uchun barcha shart-sharoitlarga ega. O'quv-kompyuter, ma'ruza, laboratoriya, anatomiya xonalari, sport majmualari, oshxona, klinik amaliyot bazalari–barchasi talabalar foydalanishlari uchun tayyor. Universitetning barcha yo'nalishlarida o'qish 2 tilda: o'zbek va rus tillarida olib boriladi. Demak, siz o'zingiz uchun qulay tilda ta'lim olish imkoniga ega bo'lasiz.


Nima uchun aynan Zarmed Universitetini tanlashingiz kerak❓

✔️Sabablar juda ko'p! Asosiylari bilan quyida bo'lishamiz:

- Bizning xususiy Universitetimizda yo'nalishlar keng qamrovli bo'lib, abituriyentlar o'zlari istagan: tibbiyot, pedagogika, iqtisod, sport kabi yo'nalishlarda tahsil olishlari mumkin. Darvoqe, bizning xususiy Universitetimiz butun Respublika miqyosida sport yo'nalishiga ega birinchi va yagona oliygoh hisoblanadi


- Zarmed Universitetida ta'lim eng yuqori standardlarga asoslanadi, akademik jamoamiz yuqori malakali va tajribali professorlardan tashkil topgan.

- Shinam va zamonaviy xonalar, jahon standardlariga javob beruvchi auditoriya-laboratoriyalar.

- Bundan tashqari, Universitetimiz ko'pgina xorijiy yuqori reytingdagi oliygohlar bilan shartnomaga ega va bu talabalar uchun yanada keng imkoniyatlar eshigini ochadi.


Universitetga qabul qilinish talablari :

Universitetiga kirish imtihonlari qaysi fanlardan va qanday bo'lib o'tadi❓

✔️Quyidagi yo'nalishlarga topshirayotgan talabalardan faqatgina logika (IQ)dan 50 ta test savollariga javob berib, og'zaki suhbat jarayoniga kirishlari talab etiladi:

🔹Pedagogika va Psixologiya 

🔸Boshlang'ich ta'lim 

🔹Maktabgacha ta'lim 

🔸Tillar va filologiya (Ingliz tili)

🔹Tillar va filologiya (Rus tili)

🔸Tarix

🔹Sport faoliyati

🔸Iqtisodiyot 

✔️Davolash ishi yo'nalishida o'qimoqchi bo'lgan talabalar esa kimyo, biologiya fanlaridan test savollariga javob berishadi va ular ham og'zaki suhbatga kirishadi.


Universitet grantlari:

ZARMED universiteti talabalar uchun yangi imkoniyatlar ochadi va endi o'qish uchun grantlar ajratadi

Siz bizdan quyidagi miqdorda grant olishingiz mumkin: 

⁃ 25% 

⁃ 50% 

⁃ 75% 

⁃ 100% 



Universitet yotoqxonasi : Universitetda talabalar yotoqxonasi mavjud.



Xalqaro hamkorlik:

Dunyoning top 600 taligiga kiruvchi, Italiyaning nufuzli UNIVERSITA VANITELLI oliygohi va o’zimizning qadrdon ZARMED UNIVERSITETI o’rtasidagi hamkorlikka binoan - kelgusida tibbiyot, iqtisodiyot, muhandislik, pedagogika, va shu kabi yana bir qator sohalarda qo’shma dasturlar tashkil qilish ko’zda tutilgan.

Ta'lim yo'nalishlari

Yo'nalishlar mavjud emas

Aloqa

  • call
  • Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Ahmad Donish MFY, Murtazoyev ko'chasi 13A uy.
imageimageimageimage

Izohlar

im

Izohlar mavjud emas