
Urganch davlat pedagogika instituti
Davlat universiteti
Xorazm viloyati
0.0
(0 Izohlar)
Qabul muddati
20 Iyun 2025 - 20 Iyul 2025
OTM litsenziyasi
OTM haqida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21-iyundagi "Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-289-sonli qaroriga asosan Urganch davlat universiteti pedagogika ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yo'nalishi va magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika instituti tashkil etildi.
Hozirgi kunda institutimizda 2 ta fakultet mavjud. Bular Filologiya va san’at fakulteti va Pedagogika fakultetidir.
Urganch davlat pedagogika institutida hozirgi kunda kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida 11 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar tahsil olmoqda. Ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 1760 nafar talaba tahsil olmoqda.
Urganch davlat pedagogika institutida so‘nggi olti oyda amalga oshirilgan ishlar:
1). 1 nafar fan doktori (DSc) va 13 nafar falsafa doktori (PhD) tayyorlangan;
2). 3 ta darslik, 6 ta monografiya va 9 ta o‘quv va uslubiy, 12 ta o‘quv qo‘llanma chop etilgan;
3). Xorijiy grantlar 1 ta, shu jumladan, AQShning FEP dasturi bo‘yicha loyixa amalda
4). Mualliflik guvohnomalar soni 1 ta, 1 tapatent va foydali modellar uchun guvohnomalar olingan;
5). 88 ta xorijiy jurnallarda maqola, jumladan yuqori reytinglarga kiruvchi jurnallar Web of Scienc da 1 ta, Impakt-faktor jurnallarda 11 ta, Xalqaro jurnallarda 31 ta, xalqaro konferensiyalarda 46 ta, Bundan tashqari, respublika konferensiyalarida 35 ta, respublika jurnallarida 45 ta maqolalar nashr etilgan;
6). Nufuzli xorijiy oliygohlarning 1 nafar professor-o‘qituvchisi jalb qilingan;
7). Institut akademik litseyi 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab qabulini amalga oshiradi.
8). Sport bo‘yicha 1 nafar Jahon chempioni, 2 nafar Osiyo va 6 nafar O‘zbekiston chempionlari tahsil oladi.
Ta'lim yo'nalishlari
Yo'nalishlar mavjud emas
Qabul kvotasi va kirish ballari
Ta'lim yo'nalishi | Qabul kvotasi | Grant uchun kirish ballari | Kontrakt uchun kirish ballari |
---|---|---|---|
Boshlang‘ich ta’lim | 0 / 25 | - | 72.8 |
Fizika va astronomiya | 20 / 30 | 85.3 | 63.6 |
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari | 15 / 35 | 95.5 | 68 |
Jismoniy madaniyat | 15 / 35 | 168.1 | 152.1 |
Maktabgacha ta’lim | 0 / 25 | - | 68.9 |
Matematika va informatika | 20 / 30 | 127.9 | 101.8 |
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi | 0 / 25 | - | 78.7 |
Musiqa ta’limi | 0 / 25 | - | 78.7 |
O‘zbek tili va adabiyoti | 15 / 35 | 133.9 | 116.3 |
Pedagogika | 0 / 25 | - | 80.9 |
Tarix | 0 / 25 | - | 91.9 |
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi | 0 / 25 | - | 61.4 |
Texnologik ta’lim | 0 / 50 | - | 57.2 |
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili | 5 / 20 | 166.3 | 145.3 |
O‘zga tilli guruhlarda rus tili (o‘zbek guruhlari uchun) | 15 / 35 | 137.7 | 120.5 |
Galereya
Aloqa
- Oʻzbekiston, 220100, Urganch shahri, Gurlan koʻchasi, 1-uy
Izohlar

Izohlar mavjud emas
Izohlar
Izohlar mavjud emas