Mentalaba - Universitet haqida
 International Digital University logo

International Digital University

Xususiy universitet

Toshkent shahri

0.0

(0 Izohlar)

calendar

Qabul muddati

1 Iyun 2025 - 30 Sentabr 2025

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

Universitet haqida :

IDU (International Digital University) 2021-yil Toshkent shahrida asos solingan. IDU - O’zbekiston Respublikasi tomonidan litsenziyaga ega va Angliyaning “Wolverhampton”universitetI tomonidan bakalavr dasturlari (IT sohasida) uchun validadatsiyaga ega universitet hisoblanadi.

IDUda 2ta fakultet mavjud – Biznes va IT.

- Biznes yo’nalishlari: Raqamli Biznes Boshqaruvi

- IT yo’nalishlari: Sun’iy intellekt, Kiberxavfsizlik, Computing va IT

IT yo’nalishlaridan birini bitirgan talaba 4 - kursdan keyin Xalqaro diplom, yani Wolverhampton”universitetining diplomini oladi

IDU Yaponiyaning “SSI” rekruting kompaniyasi bilan imzolangan hamkorlik shartnomasiga ko’ra, universitetning barcha fanlaridan yaxshi natija ko’rsatgan bitiruvchilari uchun Yaponiyada (kafolatlangan) ish taklif qiladi.


Qabul kvotasi 2025 - 2026 - yil o'quv yili uchun: 400 talaba 


Universitet grantlari :

Har bir o’quv yili uchun 100 ta grant ajratiladi, grantlar 30, 50, 90% bo’lishi mumkin. Grant olish uchun talaba universitetning ichki imtihonlaridan, matematika va ingliz tili fanlaridan kamida 60 ball to’plashi kerak bo’ladi. Ball qancha yuqori bo’lsa, grant foizi oshib boraveradi.


Kirish talablari va o'tish ballari :

Biznes yo’nalishiga kirish uchun talaba oflayn tarzda ichki imtihon topshirib, ingliz tilidan kamida 40 ball to’plash, yoki IELTS sertifikatini 5.0 (yozma qismi 5.0 kam bo’lmasligi kerak) taqdim etish kerakdir.

 

IT yo’nalishiga kirish uchun talaba oflayn tarzda ichki imtihon topshirib, ingliz tilidan kamida 40 ball, yoki IELTS sertifikatini 5.0 (yozma qismi 5.0 kam bo’lmasligi kerak) taqdim etish va matematika ichki imtihonidan kamida 40 ball to’plash kerakdir.


Stipendiya : Hozircha mavjud emas .



Yotoqxona : Hozircha mavjud emas.


Universitet tomonidan talabalariga berilishi mumkin bo'lgan chegirmalar : Faqat grant o'rinlari


Xalqaro hamkorlik :

IT yo’nalishda o’qiyotgan talaba 2 kursdan boshlab o’qishini bir semesterini Wolverhampton universitetining istalgan davlatda joylashgan filialida o’qib kelishi mumkin (osha semester uchun kontrakt narxi tanlangan davlatga qarab belgilanadi). Work and travel dasturlari ham mavjud.


Ishlash imkoniyati va universitet tomonidan beriladigan yordam(Ish topish uchun) :

Universitet yakunlagandan so’ng, yaxshi natija ko’rsatgan talabalarga universitet Yaponiyada ishlash uchun ish taklif etadi


Grantlar

IDU Xalqaro yo'nalishlari uchun Grantlar 🏆


IDU universitetida grantlar har yili 100 ta ajratiladi va ular 3 xil turda bo'ladi.

✅30% lik grant

✅50% lik grant

✅90% lik grant


1️⃣ 30% lik grant yutib olgan talabalar yiliga 24.500.000 so'm to'lashadi.

2️⃣ 50% lik grant yutib olgan talabalar yiliga 17.500.000 so'm to'lashadi.

3️⃣90% lik grant yutib olgan talabalar yiliga 3.500.000 so'm to'lashadi.


Grant qachon beriladi?


Matematika 60 balldan yuqori 

Ingliz tili 60 balldan yuqori

30% grant


Matematika 70 balldan yuqori 

Ingliz tili 70 balldan yuqori

50% grant


Matematika 80 balldan yuqori 

Ingliz tili 80 balldan yuqori

90% grant


Ta'lim yo'nalishlari

Yo'nalishlar mavjud emas

Aloqa

  • call
  • 88J4+22R, Mudofaachilar ko'chasi, 100000, Toshkent, Toshkent viloyati, O'zbekiston
imageimageimageimage

Izohlar

im

Izohlar mavjud emas