Zamonaviy energetika materiallarining kimyoviy texnologiyasi;
Bakalavr
Qabul mudati: 19 Iyun - 14 Avgust 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Zamonaviy energetika materiallarining kimyoviy texnologiyasi — bu zamonaviy energetika tizimlarida qo‘llaniladigan materiallarni yaratish, ularning tarkibi, xossalari va ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘rganuvchi ilmiy-texnik yo‘nalish hisoblanadi. Ushbu fan energiya saqlash va ishlab chiqarishda muhim bo‘lgan materiallar, jumladan, akkumulyator materiallari, quyosh panellari uchun yarimo‘tkazgichlar, vodorod energetikasi materiallari, katalizatorlar va boshqa funksional materiallarni ishlab chiqish hamda ularning kimyoviy texnologiyasini o‘rganadi.
Zamonaviy energetika materiallarining kimyoviy texnologiyasi bakalavrini bitirgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- Energetika materiallari texnologi – energiya ishlab chiqarish va saqlash uchun mo‘ljallangan materiallarni sintez qilish va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish.
- Kimyoviy texnolog – zamonaviy energetika materiallarini ishlab chiqarish va qayta ishlash jarayonlarini nazorat qilish.
- Laboratoriya mutaxassisi – energetika materiallarining tarkibi va sifatini tahlil qilish.
- Ilmiy xodim yordamchisi – ilmiy-tadqiqot institutlarida energetika materiallari va ularning texnologiyasi bo‘yicha tadqiqotlar olib borish.
- Sanoat mutaxassisi – akkumulyatorlar, quyosh panellari va boshqa energetika texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlash.
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Kimyo, Matematika
Ta’lim tili: Rus tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- Rus
- Kunduzgi - Rus tili
- 20 000 000 so'm / yillik
