Turizm va mehmondo'stlik
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Aprel - 30 Sentabr 2025
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Turizm va mehmondo'stlik bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha bitiruvchilari pedagogik qayta tayyorlashdan o'tgandan keyin, professional ta'lim muassasalarida ta'limning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan fanlarini o'qitish bo'yicha pedagogik faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga ega bo'ladi. Bakalavriatning kasb ta'limi yo'nalishlari bundan mustasno.
Kasbiy faoliyatlarining obyektlari
- davlat va nodavlat turizm va mehmondo'stlik sohasidagi tashkilotlar, kompaniyalar (firmalar) va boshqalar;
- xalqaro turizm va mehmondo'stlik korporatsiyalari, xizmat ko'rsatish tarmoqlari;
- mehmonxona va shunga o'xshash joylashtirish vositalari, sog lomlashtiruvchi va sanator-kurort muassasalari bilan bog'liq joylashtirish vositalari, turistlarga xizmat ko'rsatuvchi umumiy ovqatlantirish korxonalari;
- turizm sohasini rivojlantirish va targ'ib qilish bilan shug'ullanadigan davlat va nodavlat tashkilotlar;
- turizmning soha va tarmoqlarida tashkilot, korxona va muassasalar samaradorligi va natijadorligini oshirish jarayonlari;
- muzeylar, galereyalar, madaniy meros obyektlari va tarixiy yodgorliklar hamda ularda ekskursiyalarni o'tkazish, tadbirlarni tashkil etish bilan bog'liq jarayonlar;
- xalqaro tadbirlar, konferensiyalar, ko'rgazmalar va boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va boshqarish bilan bog'liq jarayonlar;
- turizm va mehmondo’stlik sohasidagi tadbirkorlik subyektlarida zamonaviy boshqaruv tizimini tashkil etish, tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish, mehnatni rag'batlantirish jarayonlari;
- turizm va mehmondo'stlik sohasidagi xalqaro, zanjir, tarmoq va mahalliy firma va kompaniyalar, shuningdek, turli mulk shaklidagi xizmat ko'rsatish korxonalarini boshqarish, ilmiy tadqiqot muassasalari va mahalliy davlat organlarida iqtisodiy faoliyatni ta'minlash;
- turizm va mehmondo'stlik sohasi bilan bog'liq ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayonlari.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Rus
- Kunduzgi
- 17 000 000 so'm / yillik
- Sirtqi
- 12 000 000 so'm / yillik