Telekommunikatsiya injiniringi (Axborot uzatish tizimlari)
University of Management and Future Technologies
Magistratura
Qabul mudati: 10 Aprel - 30 Sentabr 2025
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Telekommunikatsiya injiniringi (Axborot uzatish tizimlari) - Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarini, simsiz va mobil aloqa tizimlarini boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan magistr darajasidagi mutaxassislikni egallang.
Telekommunikatsiya injiniringi mutaxassisligi 2 yillik taʼlim dasturi bo‘lib, unda telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarini, simsiz va mobil aloqa tizimlarini boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan magistr mutaxassislar tayyorlanadi.
Taʼlim dasturi zamonaviy va kelajakdagi telekommunikatsiya tizimlarini to‘liq tushunish, malakali mutaxassislarga talab juda yuqori bo‘lgan va tez rivojlanayotgan telekommunikatsiya sektorida birinchi o‘rinda turish uchun zarur bo‘lgan amaliy va nazariy bilimlarni egallash imkoniyatini beradi.
Mutaxassis egallaydigan ko‘nikmalar:
Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarini loyihalash va boshqarish, axborot oqimlarini boshqarish va signallarga raqamli ishlov berish, tarmoq xavfsizligini taʼminlash ko‘nikmalarni egallash;
Loyihalarni boshqarish, hisoblashning matematik va algoritmik asoslarini ishlab chiqish, sunʼiy intellekt tizimlari bo‘yicha amaliy tushunchalarni olish.
CISCO Academy va HUAWEI Academy sertifikatlashgan o‘quv kurslarida o‘qish va tarmoqlarni boshqarish bo‘yicha amaliy tajribalarni orttirish.
Egallash mumkin bo‘lgan faoliyat turlari
Ilmiy-pedagog mutaxassis
Telekommunikatsiya tarmoqlari muxandisi
Telekommunikatsiya dasturlari muxandisi
Tarmoq xavfsizligi mutaxassisi
Qabul kvotasi 2024 - 2025 yil uchun
Kunduzgi ta'lim shakli uchun : 20
Universitetga qabul qilinish talabalari: Kirish imtihonlari uchun berilgan fanlardan imtohonda qatnashib o'tish ballarini to'plash talab etiladi(Suhbat).
O'tish balli : Suhbat asosida
Grantlar : 3 ta (Grant eng yuqori ball to’plagan nomzodlarga beriladi)
O'qish davomiyligi :
Kunduzgi ta'lim shakli uchun : 2 yil
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili, Rus tili
- Kunduzgi
- 21 000 000 so'm / yillik