Sun‘iy intellekt
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 31 May - 29 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Sun’iy intellekt (AI) Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida ta’limning eng zamonaviy va dolzarb yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu dastur talabalarga murakkab algoritmlar, mashinasozlik, katta ma’lumotlar (big data) va tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) kabi sohalarni o’rganish imkoniyatini taqdim etadi. Dastur davomida talabalar sun’iy intellekt tizimlarini loyihalash, yaratish va boshqarishni o’rganadilar, bu esa ularni texnologiyalarning kelajagida yetakchi mutaxassislar sifatida tayyorlaydi.
Ushbu yo‘nalishda talabalarga nazariy bilimlar bilan birga, amaliy ko‘nikmalar ham beriladi. Talabalar turli xil loyihalar ustida ishlash orqali o’z bilimlarini mustahkamlaydilar va zamonaviy dasturiy vositalar yordamida sun’iy intellekt tizimlarini yaratish qobiliyatlarini rivojlantiradilar.
Sun’iy intellekt ta’lim yo’nalishi talabalarni IT, muhandislik, tibbiyot, iqtisodiyot va boshqa ko’plab sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga tayyorlaydi. Ushbu yo‘nalishda olingan ta’lim talabalarga texnologik innovatsiyalarni amalga oshirish va kelajakdagi ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etish imkonini beradi.
Kasbiy faoliyatlarining obyektlari
- avtomatlashtirilgan va kompyuter tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti;
- oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida;
- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari hamda oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-tadqiqot faoliyatida;
- O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarida;
- faoliyati axborotni himoyalash bilan bog‘liq bo‘lgan idora va tashkilotlarda;
- vazirliklar va idoralar kompyuter va axborot texnologiyalari markazlarida;
- davlat va mahalliy boshqaruv organlari, mudofaa, ichki ishlar va xavfsizlik organlarida kompleks masalalarni yechishda;
- axborot-kommunikatsiya tizimlarini va texnologiyalari texnik va dasturiy vositalarini loyihalash, sozlash, ishlab chiqarish va amaliyotga tatbiq qilish jarayonlari;
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 17 000 000 so'm / yillik
- Kechki - O'zbek tili
- 14 900 000 so'm / yillik
