Yo'nalish haqida
Professional ta’lim muassasalarining Hamshiralik ishi yo‘nalishida barcha yoshdagi insonlarga yordam ko‘rsatishda lozim bo‘lgan kasbiy vazifalarni bajarish uchun zarur bilim va amaliy ko‘nikmalar o’rgatiladi.
Ushbu yo’nalishda tahsil oladigan talabalarga davolash va diagnostika yo’nalishidagi tibbiyot muassasalarida yordam ko‘rsatish, turli sharoitlarda hamshiralik yordamini ko‘rsatish, shoshilinch sharoitlarda birinchi yordam va tibbiy yordam ko‘rsatish, profilaktika va reabilitatsiya ishlarini amalga oshirish kabi ko’nikmalar o’rgatiladi.
O’qish davomiyligi: 3 yil
Ushbu yo’nalishni tamomlagan bitiruvchilarga davlat va nodavlat tibbiyot muassasalarida “Umumiy amaliyot hamshirasi” bo’lib ishlash huquqi beriladi.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili
- Kunduzgi
- 10 000 000 so'm / yillik