Mentalaba - <!-- -->Farmatsiya | Mentalaba

Farmatsiya

Registon tibbiyot texnikumi

Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2025

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Professional ta’lim muassasalarining Farmatsiya ishi yo‘nalishida hozirgi vaqtda eng dolzarb hamda katta ahamiyatga ega soha mutaxassislaridan bir bo’lgan farmasevt yordamchilari tayyorlanadi. 


Farmatsiya ishi yo’nalishida talabalarga dori vositalarini tayyorlash, tayyorlangan dori vositalari sifatini nazorat qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarda ishtirok etish kabi kasbiy ko’nikmalar o’rgatiladi. 


Shuningdek, umumiy tibbiy bilimlar, kasalliklarning klinik belgilari va turli favqulodda vaziyatlarda birinchi yordam ko‘rsatish bilimlari o’rgatiladi.


O’qish davomiyligi: 3 yil


Ushbu yo’nalishni tamomlagan bitiruvchilarga barcha davlat va nodavlat tibbiyot muassasalari, farmasevtik kompaniyalar va dorixonlarda “Farmasevt yordamchisi” bo’lib ishlash huquqi beriladi.

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek
Kunduzgi
10 000 000 so'm / yillik
;