Davlat moliyasi va xalqaro moliya
Magistr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Magistratura: Davlat moliyasi va xalqaro moliya — bu iqtisodiyot va moliya sohasiga kiruvchi ilmiy-amaliy yo‘nalish bo‘lib, u davlat moliyaviy boshqaruvi, byudjet siyosati, soliq tizimi va xalqaro moliya bo‘yicha chuqur bilimlarni o‘rganishga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda davlat moliyasi nazariyasi, makro- va mikroiqtisodiy tahlil, moliya bozorlarining xalqaro mexanizmlari, valyuta siyosati, investitsiya va risklarni boshqarish, moliyaviy barqarorlik va xalqaro moliya institutlari o‘rganiladi.
Mazkur magistratura dasturi talabalarga davlat va xalqaro moliya tizimlarini tahlil qilish, byudjet va soliq siyosatini ishlab chiqish, moliyaviy qarorlar qabul qilish, xalqaro moliya operatsiyalarini boshqarish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni beradi.
Davlat moliyasi va xalqaro moliya yo‘nalishi bo‘yicha magistratura darajasini olgan mutaxassislar quyidagi kasblarda faoliyat yuritishi mumkin:
- Davlat moliya bo‘yicha mutaxassis — davlat moliya organlarida
- Xalqaro moliya mutaxassisi — xalqaro moliya institutlarida va banklarda
- Byudjet va soliq siyosati bo‘yicha mutaxassis — davlat idoralari va konsalting kompaniyalarida
- Moliyaviy tahlilchi (Financial Analyst) — korporatsiyalar va moliya tashkilotlarida
- Moliya va investitsiya menejeri — davlat va xususiy sektor tashkilotlarida
- Ilmiy tadqiqotchi — moliya va iqtisodiyot sohasida
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Ta’lim muddati: 2 yil
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 25 000 000 so'm / yillik
